Asaka tuman 2-son politexnikumi (sobiq Asaka qishloq xo'jalik kasb-hunar kolleji) 1999 yil sentyabr oyida tashkil topgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 sentyabrdagi 406-sonli qaroriga muvofiq ta'lim muassasasi tashkil topgan. Ta'lim muassasa 1999 yil 28 iyulda 259/1 son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli Farmoni, Andijon viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasining 2020 yil 1 iyundagi 251-sonli buyrug'i hamda qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejining 2020 yil 23 iyundagi 01-01-365-sonli xatiga asosan Asaka tuman hokimining 27.06.2020 yildagi 496-q sonli qarori bilan Asaka qishloq xo'jalik kasb-hunar kolleji Asaka tuman 2-son kasb-hunar maktabiga o'zgartirilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktyabrdagi 158-sonli Farmoni bilan Asaka tuman 2-son kasb-hunar maktabi Asaka tuman 2-son Politexnikumiga o'zgartirilgan va hozirda shu nom bilan faoliyat olib bormoqda.
Umumta'lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maxsus maktablarni 9-sinfini hamda 11-sinfini tamomlagano'quvchilar belgilangan tartibda o'qishga qabul qilinadlar.
Umumta'lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maxsus maktablarni 9-sinfini tamomlagano'quvchilar 2 yillik bepul ta'lim oladilar. 11-sinfini tamomlagan belgilangan kontrakt to'lovlari asosida ta'lim oladilar. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilab berilgan ayrim kunduzgi ta'lim bosqichlari bepul amalga oshiriladi.
Ta'lim muassasasidagi barcha qo'shimcha xizmatlar, xususan kompyuter xonalaridan foydalanish, kutubxonadan foydalanish, fan va kasb to'garaklari, til kurslari va hokazolar bepul yo'lga qo'yilgan.
Ta'lim muassasasini tamomlagano'quvchilarga 3, 4 va 5 darajadagi xalqaro tan olingan davlat namunsidagi professional ta'lim diplomlari beriladi.
9 va 11-sinfni tamomlagano'quvchilar ta'lim muassasasiga suhbat asosida qabul qilinadi.
Tamomlagan larga davlat namunsidagi diplom bilan birlikda belgilangan tartibda haydovchilik guvohnomasi olish uchun rasmiy hujjatlar tayyorlanadi, imtijonlarga tayyorgarlik ko'rsatiladi va o'z mutaxasisliklari bo'yicha ishga joylashtiriladi.
Attestat, 2x4 hajmda 6 dona fotosurat, ota-onasining pasport nusxalari va tibbiy ma'lumotnoma.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ko'rsatmalariga asosan, 9-sinfni bir necha yil avval tamomlagano'quvchilar ham o'qishga qabul qilinadi.
O'quvchilar soniga qarab 1 yoki 2 smenada: 1-smena 13:30 gacha, 2-smena 18:00 gacha.
2025–2026 o'quv yilida kunduzgi va "Dual" ta'lim yo'lga qo'yilgan. Kechki va sirtqi ta'lim shakllarini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.